«O‘zgidromet» havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma'lum qildi

O‘zbekiston 09:05 / 20.10.2021 30666

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

Havo harorati 10-13 darajaga, 21 oktyabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22 oktyabrda kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: