O‘zbekiston fuqarolaridan chegaradan o‘tish uchun pora talab qilib kelgan qirg‘iz amaldorlari qo‘lga olindi

Jahon 13:44 / 20.10.2021 32958

Aniqlik kiritilishicha, ushbu xodimlarning «qurboni»ga asosan O‘zbekiston fuqarolari va og‘ir yuk mashinalari haydovchilari aylangan. Holat mamlakat jinoyatlar yagona reyestrida Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Bir guruh shaxslar tomonidan pora olish» moddasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan. 

Chegara posti rahbari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyati bo‘yicha chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i hamda qo‘mita chegara xizmati bosh shtabi boshlig‘i — direktor birinchi o‘rinbosari qo‘lga olingan. 

«19 oktabr kuni «Do‘stlik-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i A.E., Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Ch.N., shuningdek direktorning birinchi o‘rinbosari - chegara xizmati bosh shtabi boshlig‘i Kursanbek Bektashev qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh va O‘sh viloyati bo‘yicha vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi», deyiladi mahkama xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: