AQShda bir yil ichida ushlangan noqonuniy muhojirlar soni 35 yillik rekord ko‘rsatkichdan oshdi

Jahon 22:42 / 20.10.2021 4801

Jurnalistlarning ta'kidlashicha, ushbu muhojirlardan 608 mingi Meksikadan, 657 mingi Markaziy Amerikadan va 367 mingi Janubiy Amerikadan kelgan.

AQShning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar sonining o‘sgani 2020 yilda qayd qilingan, biroq bu ko‘rsatkich Jo Bayden prezident lavozimini egallagandan keyin bir necha karra oshgan.

Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasi davomida AQShni muhojirlar uchun “mehmondo‘stroq” qilishga va'da bergan. Ushlangan muhojirlarning aksariyati jurnalistlar bilan suhbatda Baydenning bu va'dasiga ishonib va u ularga qolishga ruxsat berishiga umid qilib AQShga kelishga qaror qilishganini aytishgan.

Ko‘proq yangiliklar: