«Yoshlarimizga aytar gapim – har bir daqiqa g‘animat». Shavkat Mirziyoyev pandemiya bo‘yicha vaziyat va yoshlar masalasiga to‘xtaldi

O‘zbekiston 11:26 / 19.10.2021 4154

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuv davomida pandemiya bo‘yicha vaziyat va yoshlar masalasi haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Hech qachon dunyo iqtisodiyoti bunday jiddiy sinovga duch kelmagan. Kasallik tufayli eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qoldi. Biz shunday vaziyatda ham iqtisodiyotimizni saqlab turishga va hatto o‘sishga erishdik. 

Albatta, pandemiya talablaridan hammamiz charchadik. Pandemiya davrida ko‘p davlatlar “egoist” bo‘lib ketdi. Buni ham tushunish mumkin, vaziyat og‘ir. Men ham birinchi navbatda o‘zimizning mamlakat tinchligi, xalqim farovonligini o‘ylashim kerak.

Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. 5 yillik qisqa muddatda katta yutuqlarga erishganimiz bor gap. Afg‘on muammosi bizni jiddiy o‘ylantiradi. Eng katta muammo – Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishi. O‘ylaymanki, hukumat tepasiga kelgan yangi kuchlar ham o‘z xalqini o‘ylaydi.

Men yoshlar bilan ko‘p uchrashaman va bir gapni aytaman – har bir daqiqa g‘animat. Olgan bilimingiz o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi. Najot bilimda, muallimda. Poytaxtimiz Toshkent bu bo‘yicha namuna bo‘ladi deb ishonaman”, deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: