Jahon | 22:56 / 19.10.2021
12734
1 daqiqa o‘qiladi

Texas shtatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot parvoz qilganidan so‘ng yetarli balandlikka ko‘tarila olmasdan keskin qo‘nishni amalga oshirishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: FOX 26 Houston

AQShning Texas shtatida McDonnell Douglas DC 9-87 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi KTRK-TV telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot parvoz qilganidan so‘ng yetarli balandlikka ko‘tarila olmasdan keskin qo‘nishni amalga oshirishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Uoller okrugi sherifi Troya Gidrining aytishicha, samolyotda 21 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, halokat oqibatida qurbonlar bo‘lmagani aytilmoqda. 

Texas jamoat xavfsizligi departamentining ma'lumot berishicha, hodisa Hyuston aeroporti yaqinida yuz bergan.

Mavzuga oid