Tarixiy Xadra maydoni qayta tiklanadi

O‘zbekiston 13:54 / 19.10.2021 2417

“Ushbu jamg‘arma hisobidan har bir mahallada oyida kamida bir marta taniqli aktyor va xonandalar, san'at va adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, mahalla, park va ochiq maydonlarda sayyor spektakl va konsertlar tashkil qilinadi. Bunga viloyat teatrlari, san'atkorlar, baxshilar, maqomchilar ham jalb qilinadi.

Shahar teatrlariga borish uchun mahallalar orqali bepul biletlar tarqatiladi, haftada bir kun shahar muzeylariga kirish bepul bo‘ladi. Madaniyat va san'at, til va adabiyot oliygohlari mahallalarda madaniy tadbirlarni tashkil qilishga bosh-qosh bo‘ladi.  Ushbu tadbirlar “Mahalla” va boshqa telekanallar orqali keng yoritiladi. Umuman, bu ishlarimiz haqiqatda “mahallada duv-duv gap bo‘lib”, milliy madaniyatimizni xalqimiz qalbidan chuqur joy olishiga ishonaman. 

Shu bilan birga, madaniyat sohasiga ham e'tibor kuchaytirilib, 20 ta madaniyat markazlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Kelgusi yillarda sirk binosini zamonaviy talablar asosida ta'mirlaymiz hamda tarixiy Xadra maydonini qayta tiklaymiz. Bunda ushbu maskanni Toshkent shahar aholisi va poytaxtimiz mehmonlari, ayniqsa, bolajonlarimizning madaniy va ma'naviy hordiq chiqarishlari uchun yaxlit zamonaviy majmua sifatida tashkil etamiz. 2023 yilda Toshkent shahrida “Xalqaro sirk san'ati” festivalini ham aynan shu maydonda o‘tkazishni taklif etaman.

Shuningdek, bolajonlarning yana bir sevimli maskani bo‘lgan Toshkent hayvonot bog‘i davlat-xususiy sherikchilik tamoyili bilan yangi konsepsiya asosida tubdan rivojlantiriladi va poytaxtning eng gavjum go‘shalaridan biriga aylantiriladi.

Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Sport musobaqalari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o‘zimizda o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni davom ettirib, Toshkent shahrida 2024 yilgacha “Olimpiya shaharchasi” quriladi.

Kelgusi yilda Shayxontohurda 2,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi ishga tushiriladi. Yangihayot tumanida yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish maqsadida, jami quvvati 2,5 ming o‘rinli universal sport kompleksi barpo etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Ko‘proq yangiliklar: