Surxondaryoda «GAZ-53» yuk mashinasi urib yuborgan 58 yoshli ayol vafot etdi

Jamiyat 21:57 / 19.10.2021 2730

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida «GAZ-53» yuk mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 58 yoshli ayol tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 oktabr kuni soat 17:10 larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumani Elbayon mahallasi hududidan o‘tgan 1513-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1993 yilda tug‘ilgan haydovchi «GAZ-53» yuk mashinasi bilan Sho‘rchi-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1963 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «GAZ 53» yuk mashinasi haydovchisi qoidalarni buzib me'yordan oshiq tezlikda harakatlangan. Shuningdek, piyoda ham yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: