Pentagon rahbari Rossiyani Donbassdagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Jahon 17:56 / 19.10.2021 11232

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Rossiyani Donbassdagi urushni, Qora dengiz va Ukraina chegaralaridagi vaziyatni beqarorlashtirishni hamda AQSh va uning ittifoqchilariga kiberhujumlar uyushtirishni to‘xtatishga chaqirdi.

"Biz Qrim okkupatsiyasini qoralaymiz va Rossiyani Donbassdagi urushni, Qora dengiz va Ukraina chegaralaridagi vaziyatni beqarorlashtirishni hamda AQSh va uning ittifoqchilariga kiberhujumlar uyushtirishni to‘xtatishga chaqiramiz", - dedi Ostin Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran bilan Kiyevda o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga bag‘ishlangan brifingda.

AQSh mudofaa vazirining bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar 2014 yildan buyon Ukraina qurolli kuchlari uchun 2,5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

O‘z navbatida, Ukraina mudofaa vaziri AQSh Rossiyani Donbassdagi qurolli nizoni keng miqyosdagi urushga aylantirishdan to‘xtatib turishiga umid bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: