NATO yadro quroli bilan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Jahon 22:29 / 19.10.2021 9054

18 oktyabrda NATO davlatlarining yadro quroli yordamida himoyalash bo‘yicha an’anaviy Steadfast Noon mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar yadro qurolini tashuvchi va qo‘llovchi qiruvchi, oddiy jangovar, razvedkachi va yonilg‘i quyuvchi o‘nlab samolyotlar ishtirokida o‘tadi.

25 oktyabrgacha davom etadigan mashg‘ulotlar yadro urushi ssenariysi bo‘yicha o‘tadi. NATOda ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar dunyoda yuz berayotgan biror-bir hodisa bilan bog‘lanmagan. Ular tafsilotlari sir saqlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar alyansning janubiy hududlarida o‘tmoqda. Bu esa mashg‘ulotlar vaqtida AQShning B61 turidagi yadro bombalari qo‘llanishi mashq qilinishi mumkinligini anglatadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday bombalar Italiya shimolidagi Gedi aviabazasida saqlanadi.

Harbiy ekspertlarning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar davomida AQSh yadro qurolining yerosti omborlaridan belgilangan manzilga yetkazilishi va qiruvchi samolyotlarga biriktirilishi mashq qilinadi. Biroq mashq parvozlari bombalarsiz amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: