Myanmada muxolifatchilar ozodlikda, Chilida namoyishlar, Rossiya va Ukraina «qizarmoqda». Kun suratlari

Jahon 23:29 / 19.10.2021 31023

Chilida 2019 yili jamoat transporti uchun narxlar oshishiga javoban boshlangan namoyishlar yana avj pallaga kirdi. Namoyishchilar ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rilishini talab etishmoqda.

Chili poytaxti Santyagoda talabalar mamlakat tarixidagi eng yirik namoyishlar ikki yilligini (namoyishlar chog‘ida 30 kishi halok bo‘lgandi) nishonlash uchun ko‘chalarga chiqib, tartibsizliklar uyushtirishmoqda.

Politsiya vodomyotlar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar, chiqindi qutilari va jamoat transporti bekatlariga o‘t qo‘yishgan, ko‘chalarni yoritish tizimi va elektr ta'minoti tizimiga zarar yetkazishgan. Ko‘plab chililiklar yirik biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratgan Sebastyan Pineraning boshqaruvidan norozi.

Mamlakat aholisining atigi 1 foizi mamlakat milliy boyligining uchdan bir qismiga egalik qiladi, pensionerlar oyiga 200 dollar miqdorida pensiya olishadi.

 REUTERS/Ivan Alvarado
REUTERS/Rodrigo Garrido
REUTERS/Ivan Alvarado
REUTERS/Rodrigo Garrido

Myanmada amnistiya

Dushanba kuni Myanmadagi xunta rahbari general Min Aung Hlaing boshqaruvdagi harbiylar tinchlik va demokratiya tarafdori ekanini ma'lum qildi.

Generalning bu bayonoti ASeAN tashkiloti xunta vakillarini oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitga chaqirmaslikka qaror qilishdi, lekin ularning o‘rniga muxolifat vakillari taklif etilgan.

Min Aung Hlaingning bayonotidan keyin davlat televideniyesida davlat to‘ntarishiga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun hibsga olingan 5636 kishiga amnistiya e'lon qilingani va ular ozodlikka chiqarilishi ma'lum qilindi. 19 oktabr kuni ular o‘z oilalari bag‘riga qaytishdi.

Faollar va BMT ma'lumotlariga ko‘ra, shu yil fevralidagi davlat to‘ntarishidan keyin xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda 1100dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Siyosiy mahbuslarga yordam assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, mamlakatda 7300dan ortiq kishi namoyishlardagi ishtiroki uchun qamoqqa olingan.

Iyul oyida Myanma hukumati 2000dan ortiq muxolifatchilarni, shu jumladan harbiy hukumatni tanqid qilgan jurnalistlarni qamoqdan chiqargandi.

Koronavirus

Ukrainaga Covid-19ning uchinchi to‘lqini yopirilgan, bu kasallikdan o‘lim darajasi pandemiyaning avvalgi pik davri bilan taqqoslaganda ikki barobar oshgan. Shifokorlar va sog‘liqni saqlash vazirligi odamlarni vaksina qabul qilishga chaqirmoqda, mamlakatning bir qator hududlarida shifoxonalarda bo‘sh joy qolmagan, ayrim holatlarda jonlantirish bo‘limlari uchun navbatlar yuzaga kelgan.

Tibbiy xodim tez yordam orqali olib kelingan COVID-19 bemori shifoxonaga qabul qilinishini kutmoqda, shifoxonada uzun navbat yuzaga kelgan, Kiyev.  REUTERS/Gleb Garanich
Shifoxonalardagi vaziyat og‘irlashmoqda / UNІAN

Rossiyada ketma-ket antirekordlar qayd etilmoqda, kuniga o‘rtacha 32-33 ming yangi bemor aniqlanmoqda va mingdan ortiq bemor vafot etmoqda. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishi sababli 30 oktyabrdan 7 noyabrgacha ishlanmaydigan kunlar deb e'lon qilinishi kutilmoqda.

Moskvada koronavirusga chalinish holatlari avgust oyi bilan taqqoslaganda 4 barobar o‘sdi. Fotoda: Leningrad vokzalidagi dezinfeksiya.
Foto: EPA/Vostock-photo
Moskvada kuniga 6-7 ming kishida kasallik aniqlanib, 1600ga yaqin bemor shifoxonaga yotqizilmoqda
Maksim Shemetov / EPA / Scanpix / LETA
Rio de Pas tashkiloti xodimi Milliy kongress binosi oldida Braziliyada koronavirus qurboni bo‘lgan 600 ming kishi xotirasiga oq ro‘molchalar ilib chiqmoqda. REUTERS/Adriano Machado
Pokistonning Peshovar shahrida denge virusi tarqalishining oldini olish uchun fumigatsiya qilayotgan sanitar. REUTERS/Fayaz Aziz
Velosipedda uxlayotgan bola, Kobul. REUTERS/Jorge Silva
Sohil xizmati xodimlari migrantlarni odamlar bilan to‘lib-toshgan qayiqdan qutqarmoqda, Liviya qirg‘oqlaridan 35 mil masofa
Foto: AP/TASS
Shotlandiyada fevral oyi o‘rtalarigacha bug‘u ovi davom etadi
Foto: Jeff J Mitchell/Getty Images
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti a'zolarining Tojikistonda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘uloti
Foto: Petr Kovalev/TASS
Qora dengizdagi dengiz mashg‘ulotlari, Qrim. Foto: Sergey Malgavko/TASS
Haitida zo‘ravonlikka qarshi namoyishlar. Port-o-Prenseda AQSh va Kanadadan bo‘lgan 17 nafar xristian missionerlari o‘g‘irlangan.
Foto: AR/TASS
Ko‘proq yangiliklar: