Moskvada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli yangi choralar joriy etildi

Jahon 19:07 / 19.10.2021 6084

Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli yangi choralar kiritilganini ma'lum qildi.

Mer qaroriga ko‘ra, 25 oktyabrdan 2022 yilning 25 fevraligacha yoshi 60dan yuqori bo‘lganlar va surunkali kasalligi bor shaxslar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilishi kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, xodimlarning kamida 30 foizi va yoshi 60dan yuqori bo‘lgan yoki surunkali kasalligi bor barcha xodimlar masofadan ishlashga o‘tadi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar xodimlarining kamida 80 foizini koronavirusga qarshi emlashi shart. Bunda vaksinaning birinchi dozasini 1 dekabrgacha olish belgilandi.

Oxirgi haftada Moskvada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar keskin ko‘paydi. 18 oktyabr kuni 6823, 19 oktyabr kuni 5700ta yangi holat aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: