Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyada bir oyga lokdaun kiritiladi

Foto: ASSOCIATED PRESS
Latviyada koronavirusga chalinish holatlari soni keskin ko‘paygani sababli 21 oktyabrdan 15 noyabrgacha lokdaun amal qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Krishyanis Karinsh ma'lum qildi.
Avvalroq Latviya million aholiga kasallanish soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqqani ma'lum qilingandi.
“Latviya kasallanish darajasi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda. Juda ko‘p odam emlanmagan”, deb aytgan bosh vazir.
Lokdaun vaqtida mamlakatda soat 20dan 5gacha komendantlik soati amal qiladi. Ishga qatnovchilar bundan mustasno. Ishlab chiqarish, qurilish va iqtisodiyotning hayotiy muhim sohalarida ishlovchilarga ish joyida bo‘lishga ruxsat beriladi. Oziq-ovqat do‘konlari, minimarketlar, dorixona va uy hayvonlari uchun do‘konlardan tashqari barcha boshqa do‘konlar faoliyati to‘xtatiladi. 1 noyabrdan 1-3-sinflar o‘quvchilari maktabga qaytadi. 4-12-sinflar o‘quvchilari esa 1 noyabrdan 15 noyabrgacha masofadan o‘qiydi. Barcha ko‘ngilochar, sport va madaniy tadbirlar taqiqlanadi.
Karinshning ta'kidlashicha, ko‘rilgan choralar odamlar o‘rtasidagi aloqalarni kamida 40 foizga kamaytirishi kerak.
Latviya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutkada respublikada 1253 kishida koronavirus aniqlangan, 7 kishi virusdan vafot etgan. Aholisi 1,9 mln kishini tashkil qiluvchi Latviyada umumiy kasallanganlar soni 185 mingdan oshdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34
-
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi
Jahon | 19:55
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
Mavzuga oid

13:45 / 08.07.2025
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda

11:42 / 07.05.2025