Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada dastlabki elektromobillar dekabr oyida test rejimida ishlab chiqariladi

Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirayotgan “Central Asia Motors” korxonasida bo‘lib, korxonani ishga tushirish bilan bog‘liq jarayonlar bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Farg‘ona mexanika zavodi hududida joylashgan ushbu korxonada umumiy qiymati 50 million AQSh dollari bo‘lgan “Elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillar ishlab chiqarish” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda.

Joriy yilning dekabr oyida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida yangi korxona konveyerlaridan chiqadi. Hozirgi kunda joylarda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari ommalashmaganini hisobga olgan holda, dastlabki bosqichda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqarilib, bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.
Hozirda elektromobillarni yig‘ish va test uskunalaridan o‘tkazish sexi hamda elektroforez va bo‘yash sexi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyor bo‘lib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlash uchun sex tashkil etishga qo‘shimcha ishlab chiqarish maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirilgan.
Bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. To‘la quvvati bilan ishga tushgach, korxonada yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi
Jahon | 08:03
-
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi faxriy maslahatchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:51
-
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi
Jahon | 07:48
-
Ispaniya O‘zbekistonda charm klasterini tashkil etishi mumkin
Iqtisodiyot | 07:44
Mavzuga oid

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

20:36 / 04.07.2025