Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz chet davlatlar uchun mutaxassislar tayyorlab berishni maqsad qilmaganmiz» - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda yoshlarga oliy ta'lim berishni kengaytirish maqsadida yangi oliy o‘quv maskanlari tashkil qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Foto: Milliy mass-media fondi
“Mening saylovoldi dasturimda bu ko‘rsatkichni yaqin kelgusida 50 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu o‘rinda mavjud oliy ta'lim muassasalarining asosiy qismi Toshkent shahrida joylashganini alohida ta'kidlash lozim.
Albatta, biz yoshlarimizga oliy ta'lim berishni kengaytirish maqsadida yana yangi oliy o‘quv maskanlarini tashkil qilamiz. Lekin, ularni bitirgan farzandlarimiz ertaga qayerdan ish topadi, degan hayotiy savol hammamizni o‘ylantirishi kerak. Bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga hamma joyda ehtiyoj bor.
Agar biz yoshlarimizga munosib daromadli, qulay sharoitli ish topib bera olmasak, ular chetdan bo‘ladigan takliflar haqida o‘ylaydi. Albatta, hozir hamma erkin, xohlagan mamlakatida ishlashi mumkin. Lekin men shu yurtning non-tuzini yeb, shu yerda kamol topgan har bir mutaxassis avvalo shu yurt manfaati uchun xizmat qilishini xohlardim. Chunki, biz chet davlatlar uchun mutaxassislar tayyorlab berishni maqsad qilmaganmiz.
Biz yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessansni xorijda emas, jonajon vatanimizda bunyod etmoqchimiz. Buning uchun har tomonlama kuchli mutaxassislarimizga, iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizga ularning ehtiyoj va qiziqishlariga mos ish topib berishimiz, o‘z navbatida, ular o‘zlarining bor bilim va salohiyatini mamlakatimiz ravnaqi uchun sarflashi zarur. Shundagina, biz tashkil qilayotgan yangi institutlar, universitet va akademiyalar o‘zini oqlaydi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi
Fan-texnika | 12:07
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025