AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘z lavozimini tark etadi

Jahon 09:38 / 19.10.2021 6938

“Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Zalmay Xalilzod o‘z lavozimini tark etadi. Unga Amerika xalqiga o‘nlab yillar xizmat qilgani uchun minnatdorlik bildiraman”, deb aytgan Blinken.

O‘z navbatida, Xalilzod o‘z lavozimini tark etishi sababini tushuntirdi.

“Ertaga Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil lavozimidan ketaman. Men hozir bunday yo‘l tutishning fursati deb qaror qildim, chunki hozir Afg‘oniston bo‘yicha siyosatning yangi bosqichiga kirmoqdamiz”, deb aytgan Xalilzod Blinken nomiga yuborgan maktubida.

U kelgusida ham Afg‘oniston bo‘yicha ishda ishtirok etishga va'da bergan.

70 yoshli Xalilzod o‘z lavozimini may oyida tark etishi kerak bo‘lgandi, biroq keyinroq uzoqroq muddatga qolishga rozi bo‘lgan.

Uning lavozimini o‘rinbosari Tomas Uest vaqtincha egallaydi.

Zalmay Xalilzod pushtun millatiga mansub bo‘lib, 2018 yil sentyabrdan o‘z lavozimini egallab kelgan. 2004-2005 yillarda u AQShning Afg‘onistondagi elchisi lavozimini egallagan.

Tomas Uest maxsus vakil o‘rinbosari lavozimini 2021 yil yanvardan beri egallaydi. U avvalroq AQSh milliy xavfsizlik kengashining Afg‘oniston va Pokiston masalalari bo‘yicha direktori lavozimini egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: