“Tolibon” o‘z safini “nomunosib odamlar”dan tozalashga kirishdi

Jahon 20:59 / 18.10.2021 25602

Avvalroq Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Said Xostiy “Tolibon” tomonidan tayinlangan muvaqqat hukumat o‘z safini “korrupsiyalashgan va nomunosib odamlar”dan tozalash bo‘yicha komissiyani tashkil etayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, gap qarindoshlari yordamida lavozimlar egallagan, jinoyatchilar, shubhali o‘tmishga ega shaxslar va mahalliy aholi tomonidan xushlanmaydigan amaldorlar haqida bormoqda.

“Tolibon” safini yomon va korrupsiyalashgan odamlardan tozalash uchun tashkil etilgan qo‘shma komissiya butun mamlakat bo‘ylab bugun o‘z ishini boshladi”, deb ma'lum qilgan Twitter’da harakat vakili Zabihulla Mujohid.

Ko‘proq yangiliklar: