Toliblar majburlab davolayotgan giyohvandlar, erini kasalxonadan olib chiqqan Klinton va talabalar o‘rtasida «ko‘pik urushi». Kun suratlari

Jahon 22:02 / 18.10.2021 52670

Toliblar giyohvandlikka qarshi jiddiy kurashga kirishdi. Ular Kobulda yuzlab giyohvandlar to‘planadigan ko‘prik ostini tozalashdi va u yerdagilarning aksar qismi kuch bilan reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Ular bu yerda 45 kun davomida saqlanadi.

Kobulda ming o‘rinli shifoxona avvalgi rejim vaqtida ochilgan, ammo hokimiyat «Tolibon» qo‘liga o‘tganidan keyin yangi hukumat giyohvandlar to‘planadigan hududlarga reydlar uyushtira boshladi va ularni majburlab davolashga kirishdi. Bunday «narkomanlar ko‘priklari» — narkosavdo hamda jinoyatchilik o‘chog‘i bo‘lib kelgan.

Markazda bemorlarning dastlab sochi olib tashlanadi, quyosh ostida qizdiriladi va ularga og‘riq qoldiruvchi metadon moddasi beriladi. Ko‘plar bu yerga bir necha marta olib kelinishi mumkin. 

Kobuldagi «narkomanlar ko‘prigi»da yuzlab giyohvandlar tunab qolishadi. BULENT KILIC AFP

Reabilitatsiya markaziga yangi olib kelinganlar. Felipe Dana/Copyright 2021 The Associated Press

12 oktabr kuni AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton  qonga infeksiya tushishi (sepsis) tufayli kasalxonaga yotqizilgandi. U antibiotiklar bilan davolandi, dorilar unga ijobiy ta'sir qildi va 17 oktabr kuni unga javob berildi.

Fotosuratchilar Hillari Klintonni Kaliforniyadagi Irvin tibbiyot markazi oldida payqab qolishdi. REUTERS/David Swanson
Bill Klinton rafiqasi Hillari xonim hamrohligida shifoxonadan chiqmoqda. REUTERS/David Swanson
Klinton o‘zini davolagan shifokorlar davrasida. REUTERS/David Swanson
Kanar orollaridagi Palma orolida otilishi davom etayotgan vulqonning El Pasodan ko‘rinishi. REUTERS/Susana Vera
Braziliyada havo sharlari musobaqasi / REUTERS/Diego Vara
Braziliyada havo sharlari musobaqasi vaqtida uchib o‘tayotgan qushlar galasi, Rio-Grande  / REUTERS/Diego Vara
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an va Germaniya kansleri Istanbuldagi uchrashuv arafasida suhbatlashishmoqda. REUTERS/Murad Sezer

 

Londonda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida pichoqlab o‘ldirilgan deputat Devid Emess xotirasiga qo‘yilgan gullar. REUTERS/Henry Nicholls
Hindistonda diniy bayram arafasida do‘konini gullarga to‘ldirayotgan sotuvchi. AFP /Arif ALI
Iroqdagi tarixiy Al-Nuriy masjidida yana namoz o‘qila boshlandi. AFP / Zaid AL-OBEIDI
Xitoyning Chjenchjou shahrida bir vaqtning o‘zida 35 juftlik ommaviy nikoh marosimida ishtirok etdi. Foto: Zuma/TASS
Shotlandiyada yuzlab birinchi kurslar Sent-Endryus universiteti talabalariga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etmoqda. Talabalar an'anaga ko‘ra qadimiy universitet hududida bir-birlari bilan «ko‘piklar jangi» o‘tkazishadi.
Foto: REUTERS/Russell Cheyne
KXDR parashyutchilarining yangi xizmat kiyimi komikslar qahramoni libosi bilan deyarli bir xil. Bu Kim Chen Inning dizaynerlik tanlovi bo‘lishi mumkinligi aytildi. Foto: Reuters
Pekinda 2022 yilgi qishki olimpiya o‘yinlari uchun mash'ala yoqilishi munosabati bilan bir guruh namoyishchilar Gretsiyaning Olimpiya shaharchasida Tibet bayrog‘ini ko‘tarishdi. AFP/Aris Messinis
Palmadagi vulqon kuli. Kumbre-Vexa vulqonidan oqib chiqqan lava 674 gektar yerni qamragan va 800dan ortiq uyni vayron qilgan.
Foto: AP/TASS
May oyida Kanadadagi cherkovlardan birida tub xalqlarga mansub bo‘lgan 200dan ortiq bolalar o‘ldirilgani ma'lum bo‘lgandi. Bosh vazir Jastin Tryudoning tashrifi arafasida bolalar shunday xotirlandi. AFP/Cole Burston
Zaytun qoldiqlarini qayta ishlayotgan suriyalik
Yaponcha shaxmat turi - «generallar o‘yini» deb ham nomlanadigan Syogi o‘yini 19 yoshli vunderkind barcha titullarni qo‘lga kiritishi tufayli yanada mashhurlashib ommalashdi.
Kobuldagi do‘kon oldidan mototsiklda o‘tib ketayotgan afg‘on oilasi. REUTERS/Zohra Bensemra
Makkada joylashgan dunyodagi eng yirik masjid — Al-Haromda 17 oktabr kuni pandemiya boshidan buyon ilk marta ijtimoiy masofa choralariga rioya qilmagan holda namoz o‘qildi. Foto: AR/TASS
Ko‘proq yangiliklar: