Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi

Jahon 14:24 / 18.10.2021 3840

27 oktyabr kuni Tehron shahrida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda ma'lum qildi.

“Kelgusi haftada Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Uchrashuv yuzma-yuz shaklda bo‘lib o‘tadi”, – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibidan onlayn shaklda o‘tgan muloqotni davom ettirish o‘rin olgan.

“Olti mamlakat Afg‘onistonda barcha milliy guruhlar ishtirokida inklyuziv hukumat shakllantirilishiga qay tarzda yordam berish mumkinligiga e'tibor qaratadi”, – dedi Xatibzoda.

8 sentyabr kuni Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv o‘tkazilgandi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: