So‘xda yangi aeroport qurilishi yakunlandi

O‘zbekiston 17:40 / 18.10.2021 12278

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x eksklaviga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan tanishdi.

Viloyat hokimligi axborotiga ko‘ra, So‘x tumanining “Navobod” MFY hududida barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar bo‘lib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi.

Qurilish ishlari uchun davlat budjetidan 6,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab oladigan zamonaviy majmua tashkil etilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aeroport qurilishi 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: