Pekin Olimpiadasi ramziy olovini yoqish marosimi tomoshabinlarsiz o‘tadi 

Jahon 10:51 / 18.10.2021 3163

Olovni yoqish marosimida Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ishtirok etadi. Shundan keyin olov Afinadagi Akropolga yetkaziladi va bu yerda bir kecha qoladi.

19 oktyabrda olov “Panatinaikos” stadionida Xitoy delegatsiyasiga topshiriladi. So‘ngra olov maxsus reys bilan Xitoyga yetkaziladi. U yerda mash'ala estafetasi Olimpiada ochilishi kuni — 4 fevralgacha davom etadi.   

Gretsiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi pandemiya sababli an'anaviy brifingni o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

2020 yilgi Tokio Olimpiadasi olovini yoqish marosimi ham xuddi shu sabablarga ko‘ra yopiq rejimda o‘tgandi. 

An'anaga ko‘ra, Olimpiya olovini yoqish marosimi o‘yinlar vatani – Qadimiy Olimpiyada o‘tkaziladi. Olov quyosh linzasi yordamida yoqiladi.

30 sentyabrda Pekindagi Olimpiadaga xorijiy tomoshabinlar qo‘yilmasligi ma'lum qilindi. Musobaqalarga chiptalar faqat Xitoy aholisiga sotiladi. Bunday choralar pandemiya sharoitida o‘yinlarni xavfsiz o‘tkazish maqsadida qabul qilingan.

Koronavirusga qarshi emlangan sportchilar Olimpiadaga majburiy karantinsiz qo‘yiladi. Emlanmagan sportchilar esa 21 kunlik karantinni o‘tashlari kerak bo‘ladi.

Pekin Olimpiadasini 2022 yil 4-20 fevral kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda 95 ta davlatdan 3 mingdan ko‘proq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Sportchilar 109 ta medallar shodasi uchun kurash olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: