“O‘zbekneftgaz”: Gazlida dizel yonilg‘isini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi

O‘zbekiston 20:00 / 18.10.2021 9096

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqami mavjud bo‘lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan.

Avtotransport yukxonasida bo‘lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo‘sh yelim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, haydovchi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, “Ziyorat” MFY, Ziyorat qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdujabbor Avezov hech qanday hujjatlarsiz avtomashinani boshqarib kelgani aniqlangan.

Yelim bochkalar esa burg‘ilash ishlari olib borilayotgan uchastkalaridan dizel yonilg‘isini olib ketish maqsadida keltirilgani aytilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: