Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT davlatlari Tojikistonda uchta harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining jamoaviy kuchlari “Jangovar birodarlik-2021” tezkor-strategik mashg‘ulotlari doirasida Tojikiston hududida 3 ta mashg‘ulot o‘tkazadi. Ushbu mashg‘ulotlarga 4 ming kishi va 500 dan ko‘proq texnika birligi jalb qilinadi.

Foto: odkb-csto.org
“Eshelon-2021”, “Qidiruv-2021” maxsus mashg‘ulotlari hamda “O‘zaro hamkorlik-2021” qo‘shma mashg‘ulotida 4 ming kishi va 500 dan ko‘proq texnika birligi ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar Tojikistonning Momirak va Harbmaydon poligonlarida o‘tkaziladi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, “Eshelon” mashg‘ulotlarida qo‘shma amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida moddiy-texnik ta'minotni tashkillashtirish mashq qilinadi. “Qidiruv” maxsus mashg‘ulotlarida harbiy amaliyotni o‘tkazish uchun razvedka olib borish ko‘nikmalari sayqallanadi. “O‘zaro hamkorlik” mashg‘ulotlarida esa xalqaro terrorchi tashkilotlar jangarilarining KXShTga a'zo davlatlar hududiga kirishi bilan bog‘liq chegaraoldi qurolli ixtilofini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma amaliyot olib borish mashq qilinadi.
“Jangovar birodarlik” doirasida o‘tkaziladigan har bir mashg‘ulotda KXShTga a'zo barcha 6 davlatning harbiy kontingentlari ishtirok etadi.
Avvalroq KXShTning birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov “Jangovar birodarlik-2021” mashg‘ulotlarida 5 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etishini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarga 700 dan ko‘proq qurol, harbiy va maxsus texnika, jumladan 650 ta zirhli texnika, 20 tagacha samolyot, 20 tadan ko‘proq vertolyot va 15 ta uchuvchisiz parvoz qurilmasi jalb qilinadi.
Ayni vaqtda KXShTga 6 ta davlat – Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a'zo hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston | 10:49
-
Davomli jazirama kunlar kelyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
Mavzuga oid

17:23 / 12.07.2025
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

18:27 / 04.07.2025
Tojikistonda chorva orasida kuydirgi kasalligi tarqaldi

19:31 / 24.06.2025