JSST vakili dunyo pandemiyadan qachon chiqishi mumkinligi bo‘yicha taxminini aytdi

Jahon 15:43 / 18.10.2021 9194

Dunyoda koronavirus pandemiyasi kelasi yili tugashi mumkin, dedi JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge.

“Men nekbinman, kelasi yili pandemiyadan chiqamiz deb hisoblayman, ammo koronavirus tugamaydi. U gripp singari biz bilan qoladi”, – dedi Klyuge.

Uning fikricha, dunyo aholisining 80-85 foizi koronavirusga qarshi vaksina olishi zarur.

“Biz odamlar emlanishga mutlaqo qarshi emasligini aniqladik. Ularda ayrim savollar bor xolos. Masalan, ilgari vaksina yillar davomida yaratilgan, bu vaksina esa juda tez ishlab chiqildi, u xavfsizmi? Ha, vaksinalar barcha tekshiruvlardan o‘tgan va ular xavfsiz”, – dedi Klyuge.

Ko‘proq yangiliklar: