Hafta oxiriga borib havo harorati pasayadi - «O‘zgidromet» 

O‘zbekiston 12:04 / 18.10.2021 25012

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bunday holat hafta o‘rtasigacha davom etadi, hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat foni yuqoriligi saqlanib turadi - kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublika shimoliy hududlariga chorshanba kuni Volgabo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat pasayishni boshlaydi.

Payshanba kuni nam va sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlariga ta'sir etadi. Aksariyat viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Eng chekka sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kechqurun kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kuni 13-18 daraja iliqqacha pasayadi, bu me'yordan 2-4 darajaga past bo‘ladi.

Juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me'yorlardan 6-7 darajaga past bo‘ladi.

21-22 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. 21-23 oktyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 22-23 oktyabrda ayrim viloyatlarda tuman tushishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: