“Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, menga ular yoqadi” - Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar haqida

O‘zbekiston 20:52 / 18.10.2021 13641

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda ommaviy axborot vositalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Men har safar ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida gapiraman. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, menga ular yoqadi. Nimaga? Ular ham zamon bilan birga, O‘zbekiston bilan birga o‘zgaryapti. Ular ham zamonga munosib bo‘lib, adolat nuqtayi nazaridan maqolalar chiqaryapti, adolat nuqtayi nazaridan borib hokimlarga savol beryapti.

Hokimlar 5 yil oldin OAVdan yiroq edi. Bizda umuman bunaqa muhit yo‘q edi. Muloqot yo‘q edi. Muloqot bo‘lmagandan keyin o‘zgarish bo‘lmaydi, kelajakka intilish bo‘lmaydi, adolat bo‘lmaydi, hamma narsa ura-ura bo‘lib, yopiq qozon bo‘lib qolib ketaveradi. Hozir yopiq emas, hamma narsa ochiq.

Odamlar bila ochiq siyosat yurgizishni davom ettirishimiz kerak. Endi emin-erkin yashash deyapmizmi, odamlarga erkin munosabat qilish... Odamlar ochiq siyosatga o‘rgandi endi. Bunaqa jamiyat oson emas, lekin shu bilan birga, madaniyatimiz ham, bilimimiz ham [oshyapti], ommaviy axborot vositalariyam o‘rganyapti, biz ham hayotga munosib bo‘lyapmiz”, –dedi prezident 16 oktyabr kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi uchrashuvda.

Ko‘proq yangiliklar: