Berlin Moskva va NATO o‘rtasidagi munosabatlarda «muzlik davri» yanada cho‘zilishini bildirdi

Jahon 23:02 / 18.10.2021 7750

Moskvaning NATOdagi doimiy vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori Rossiya va alyans o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi, dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas.

Maasning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning qarori shundoq ham murakkab vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, bu Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarda «muzlik davri» yanada cho‘zilishiga olib keladi.

Uning aytishicha, Berlin Moskva bilan NATO doirasida muloqot qilishga urinmoqda, ammo «aftidan, Rossiya bunga tayyor emas».

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat NATO huzuridagi doimiy vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatishini ma'lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, NATOning Moskvadagi harbiy missiyasi va Moskvadagi axborot byurosi faoliyati ham to‘xtatiladi.

Lavrovning ta'kidlashicha, bu NATO rahbariyatining Rossiyaning tashkilotdagi missiyasini ikki baravarga kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga javob hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: