Ayrim shaxslarga yer uchastkalarini auksion orqali sotib olish xarajatlari qisman qoplab beriladi

O‘zbekiston 08:29 / 18.10.2021 11894

Qaror loyihasi O‘zbekiston prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash hamda alohida toifadagi fuqarolar tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olinishida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida tayyorlangan.

Qaror loyihasi alohida toifadagi fuqarolar tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olinishida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi. Qaror loyihasi 3 banddan, loyihaga ilova sifatida nizom 11 banddan iborat holda kiritilmoqda.

Loyihada:

harbiy xizmatdagi faoliyati paytida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida turar joyini yo‘qotgan jabrlangan shaxslar elektron onlayn-auksion orqali sotib olgan yer uchastkasini to‘liq yoki qisman qoplash;

qoplab berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahar shahar budjet hamda tuman (shahar) budjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi, mahalliy hokimliklar tasarrufidagi ijtimoiy jamg‘armalar (“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari) mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi huquqiy asoslarni tartibga solishga, shuningdek, alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: