Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi teatr va Faxriddin Umarov nomidagi ijod maktabi quriladi
Nurafshon shahrida yangi teatr barpo etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi
“O‘tgan asrning o‘ttizinchi-qirqinchi yillarida Yangiyo‘l shahridagi teatrda Yunus Rajabiy, Habibiy, Yetim Bobojonov, Qunduz Mirkarimova, Sattor Yarashev, Farog‘at Rahmatova singari taniqli san'atkor va adiblar faoliyat ko‘rsatganini ko‘pchilik nuroniylarimiz yaxshi eslaydilar, albatta.
Keyinchalik mazkur ijodiy jamoa Muqimiy teatriga qo‘shib yuborilgan. Shundan buyon Toshkent viloyatida bironta teatr mavjud emas. Voha ahlining ko‘p yillik orzusi bo‘lgan yangi teatrni ham tashkil etish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, Nurafshon shahrida yangi teatr barpo etamiz.
Toshkent viloyati folklor an'analari, o‘ziga xos milliy ohanglari va boy san'ati bilan ham alohida ajralib turadi. Shu o‘rinda lirik qo‘shiqchilik maktabining yirik vakili, qibraylik atoqli san'atkor, O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov nomini alohida eslab o‘tishni istardim. Bu ulug‘ san'atkor o‘tgan asrning 30-yillarida quloq oilasi sifatida Ukrainaga surgun qilinganini ko‘pchilik yoshlarimiz bilmaydi. Yuksak insoniy tuyg‘ularni avj pardalarda kuylagan atoqli xonandaning ijrochilik an'analarini davom ettirish maqsadida, viloyat markazida Faxriddin Umarov nomidagi san'at ijod maktabini tashkil qilsak, nima deysizlar?
Toshkent viloyatining farzandlari bo‘lgan Zulfiqor Musoqov, Zuhra Ashurova, Toshpo‘lat Matkarimov, Ozoda Nursaidova, Jahongir Ahmedov, Abdurashid Yo‘ldoshev singari taniqli san'atkorlar xalqimiz mehriga sazovor bo‘lib kelmoqda. Keyingi yillarda yuksak marralarni qo‘lga kiritayotgan Fazliddin G‘oyibnazarov, Akbar Jo‘rayev, Islom Aslanov, Vadim Menkov, Doston Yoqubov, Elmurat Tasmuradov, Tursunoy Rahimova, Rinata Boymetova, Svetlana Osipova, Sanjar Tursunov, Elnur Abduraimov singari mashhur sportchilar ham mana shu zamindan yetishib chiqqani barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi.
Toshkent viloyati dongdor chavandozlar va polvonlar yurti ekanini ham yaxshi bilamiz. Viloyatda bugun milliy g‘ururimiz bo‘lgan ot sportini yanada rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu boradagi milliy an'analarimizni davom ettirib, Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida Xalqaro otchopar va chavandozlik maktabini tashkil qilish taklifini bildirsam, o‘ylaymanki, sizlar ham qo‘llab-quvvatlaysizlar”, dedi prezidentlikka nomzod.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

20:35 / 28.07.2025
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

15:28 / 22.07.2025