Rossiyadagi shaharda 16 kishi spirtdan zaharlanib vafot etdi

Jahon 20:09 / 16.10.2021 5455

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tarkibida metanol bo‘lgan spirtni iste'mol qilish oqibatida 16 kishi vafot etdi, deb xabar berdi TASS. 

Ma'lumot berilishicha, ular qo‘lbola alkogolni shahar bozoridan sotib olishgan. Spirt sotuvchisi qo‘lga olingan.

Region sog‘liqni saqlash vazirligi spirt iste'mol qilish oqibatida vafot etganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmaganini bildirgan.

O‘tgan haftada Orenburg oblasti sharqida 67 kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlangani xabar qilingandi. Ularning 35 nafari vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: