Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada ilk marta bir sutkada mingdan ortiq bemor vafot etdi

Jahon 15:50 / 16.10.2021 5076

Rossiyada oxirgi sutkada koronavirusdan 1002ta o‘lim qayd etildi, deb xabar berdi Moskva kasallikka qarshi kurashish shtabi. Yangi holatlar soni esa 33208tani tashkil etgan.

Bir sutkada mingdan ortiq bemorning vafot etishi pandemiya boshlanganidan buyon ilk marta qayd etilmoqda. Yangi kasallanish holatlari soni birinchi marta 33 mingdan ortiq bo‘ldi va rekord ketma-ket uchinchi kun yangilandi: payshanba kuni 31299, juma kuni esa 32196ta holat qayd etilgandi.

Moskvada 6545ta yangi holat aniqlangan. Poytaxtda uchinchi kundirki, ko‘rsatkich 6 mingtadan yuqorini tashkil etmoqda. 

Ma'lumot berilishicha, bugunga qadar Rossiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni 7,96 millionga yaqinlashgan, o‘limlar soni esa 222315tani tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: