Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshon daryosidagi baliqlar zaharlanishi masalasida Bosh prokuratura shug‘ullanmoqda. Zarar qariyb 5 mlrd so‘m ekanligi aytildi

Zarafshon daryosiga “Navoiyazot” tomonidan chiqarilgan zararli moddalar sabab yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd so‘mga yaqin. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Islombek Boqijonov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Boqijonovga ko‘ra, “Navoiyazot” AJ tomonidan tashlangan zaharli chiqindilar sabab ko‘plab baliqlarning nobud bo‘lishi holati 30 dan ortiq inspektorlar tomonidan o‘rganilib, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu voqeada faqatgina tabiatga yetkazilgan zarar miqdorining o‘zi 4 mlrd 800 mln so‘mdan ko‘proq ekani aniqlangan.
“Zarafshon daryosi suvini zaharlagan bu tashlamalar “Navoiyazot” AJdan chiqayotgani aniqlangan. Bu suvning tahlilida aniqlanishicha, undagi zararli moddalar miqdori besh baravargacha ortib ketgan. Barcha ma'lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasiga taqdim qilganmiz, holatga huquqiy baho berish ular tomonidan ko‘rib chiqiladi”, dedi Ekoqo‘m raisi o‘rinbosari.
Aytilishicha, mazkur holat uchun “Navoiyazot” AJ javobgar sifatida jalb etiladi.
Avvalroq, “Navoiyazot” AJga qarashli 267-quduqdan Zarafshon daryosiga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu moddalar sabab daryo suvida azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan me'yorlardan oshib ketgan. Oqibatda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelib ko‘plab baliqlarning o‘limiga sabab bo‘lgan edi.
Aytilishicha, bu baliqlar orasida “Qizil kitob”ga kiritilganlari ham bor.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Navoiyazot” AJ mas'ullari jamoatchilikka tushuntirish berishlarini talab qildi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

16:13 / 11.03.2025