Xitoyda senzura tufayli LinkedIn sayti yopiladi

Jahon 22:37 / 15.10.2021 3910

Xitoyda professional muloqot uchun mo‘ljallangan LinkedIn sayti o‘rniga InJobs ish qidiruv sayti faoliyat yuritadi. Bu haqda Microsoft korporatsiyasi bayonotiga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

Izoh berilishicha, juda murakkab operatsion muhit va yuqori talablar bois Xitoyda LinkedIn sayti yopiladi.

LinkedIn o‘rniga ishga tushadigan InJobs sayti ijtimoiy tarmoq funksiyasiga ega bo‘lmaydi. 

Xitoyda LinkedIn 2014 yilda ayrim cheklovlar bilan ishga tushgandi. LinkedIn AQShning Xitoyda faoliyat yuritayotgan eng oxirgi yirik ijtimoiy tarmog‘i edi.

Ko‘proq yangiliklar: