Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Jiguli VAZ 2106» mashinasi va ov jihozlarini tashlab qochgan noqonuniy ovchilar topilib chora ko‘rildi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida «Jiguli VAZ 2106» mashinasi va ov jihozlarini tashlab qochib ketgan noqonuniy ovchilar topilib chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Yakkabog‘ tumani nazorat inspeksiyasi inspektorlari hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning «Samoq» hamda «Turon» MFYidan oqib o‘tgan Qizildaryo daryosi hududida tunda ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd davomida bir guruh fuqarolar noqonuniy ravishda baliq ovlayotgani aniqlangan. Inspektorlarni ko‘rgan noqonuniy ovchilar «Jiguli VAZ 2106» mashinasi va ov anjomlarini tashlab qochib ketgan.
Qayd etilishicha, ekologiya hamda Yakkabog‘ tuman 19-sonli IIB inspektorlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan va huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Ta'kidlanishicha, huquqbuzarlik 3 nafar fuqaro tomonidan amalga oshirilgan. Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ularga 4 million 50 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazgan zarari 4 million 536 ming so‘m etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
-
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

15:13 / 20.06.2025