Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mashinaning g‘ildiragi chiqib ketib YTH sodir bo‘ldi. Haydovchi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia mashinasining g‘ildiragi chiqib ketib YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati inspektori Bahodir Jo‘rayev ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 7 oktabr kuni soat 7:45larda Qarshi-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘i hududidan o‘tgan 15-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Surxondaryodan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasining orqa chap g‘ildiragi chiqib ketib mashina ag‘darilgan. G‘ildirak esa beton to‘siqdan oshib o‘tib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasining tom qismiga zarb bilan urilgan. Zarba tufayli mashinaning tom qismi jiddiy shikastlangan. Oqibatda, uning haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda hodisa yuzasidan G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024