Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor 90 yoshli bemorda murakkab kardioxirurgik amaliyot muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat kardioxirurgiyasi tarixi yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti bilan boyigani, Toshkent shahridagi zamonaviy klinikalardan birida shoshilinch ravishda tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgani haqida xabar qildi.

«Odatda, shifokorlar keksa yoshli insonlar tanasiga tig‘ tekkizishning o‘zi juda nozik jarayon ekanligini aytishadi. Yurak sohasidagi jarrohlik amaliyotlari esa o‘ta murakkab va anchayin xavfli. Shu bois, hatto mazkur sohada peshqadam bo‘lgan Yaponiya va Germaniya davlatlarida ham bunday operatsiyalar kamdan kam o‘tkaziladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Amaliyot Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazida ishlab kelgan va 2017 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifi asosida vatanga qaytgan malakali kardioxirurg, tibbiyot fanlari doktori, professor Rustam Yorbekov boshchiligida o‘tkazilgan
Bemor — Yoqub Mahmudov, 90 yoshda. Toshkent viloyatining Chinoz tumanidan. U ko‘p yillardan beri gipertoniya va yurak ishemik kasalliklaridan aziyat chekib kelgan. Qon bosimi 190gacha ko‘tarilib ketishi kuzatilgan, infarktni boshdan o‘tkazgan.
Shuningdek, joriy yil martida koronavirusga chalinib, muolaja olgan. Ammo ko‘p o‘tmay yurak sohasida og‘riqlar yanada zo‘rayib, ahvoli yomonlashgach, Rustam Yorbekov va uning jamoasiga murojaat qilgan.
«Biz, kardioxirurglar bu yoshdagi bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazishni qumdan imorat tiklashga o‘xshatamiz. Negaki, yurak operatsiyasi chog‘ida favqulodda buyrak, jigar, miya va boshqa a'zolar xuruj qilib qolishi mumkin. Shu sababli O‘zbekistonda yaqin yillargacha bunday holatdagi bemorlar hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Endi esa nafaqat poytaxt, balki qator viloyatlar markazlarida ham shunday murakkab operatsiyalarni o‘tkazyapmiz.
Chinozlik otaxon ham bu klinikaga shoshilinch olib kelindi. Dastlab unda koronarografiya amaliyoti o‘tkazildi. So‘ng bemorning yurak-qon tomirlarida kuchli zararlanish ham aniqlangach, kuni kecha aorta-koronar shuntlash operatsiyasi bajarildi. Hozir Yoqub boboning ahvoli yaxshi. Tekshiruv va tahlil natijalari, qon bosimi me'yorida, puls stabil holatda», deydi professor.

Shifokor bemorning keksa yoshdaligi, qolaversa, infarktni boshdan kechirgani hamda yurak-ishemik kasalligi tufayli tomirlarida zararlanish kuchaygani, boz ustiga, yurak kattalashib, qisqarishlar miqdori pasayib ketganini aytib o‘tdi.
«So‘nggi paytlarda kuniga ikki martalab «Tez yordam» chaqirishimizga ham to‘g‘ri kelgandi. Yuragimni kuchli sanchiq bezovta qila boshlagach, o‘g‘lim shu yerga olib keldi. Mana, ko‘rib turganingizdek tetikman, kayfiyatim ham a'lo. Operatsiyaning ertasi kuniyoq holatim yaxshilandi. Rustamjon Yorbekov va uning jasoratli jamoasidan juda-juda minnatdorman», deydi Yoqub ota Mahmudov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

09:05 / 05.09.2021
Toshkentda kardioxirurgiya bo‘limi uchun yangi bino ishga tushiriladi

09:04 / 07.01.2020
Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosi quriladi

16:57 / 27.05.2019