Instagram ishida nosozliklar kuzatildi

Jahon 17:04 / 14.10.2021 3306

Qator mamlakatlardagi Instagram foydalanuvchilari servis ishida nosozliklar yuz berayotganidan shikoyat qildi, deb ma'lum qildi Downdetector.

Ijtimoiy tarmoq ishida uzilishlar bo‘layotgani haqida AQSh, Kanada, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilar ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p nosozlik ilovadan foydalanishda (55 foiz) kuzatilgan. Shuningdek foydalanuvchilarning 22 foizi server bilan bog‘lanishda, yana shuncha qismi esa yangiliklar lentasi va veb-sayt faoliyatida muammoga duch kelgan.

Oktyabr boshlarida ham Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: