Buxoroda mashina gaz balloni portladi. Ikki kishi vafot etgani aytilmoqda

O‘zbekiston 14:09 / 14.10.2021 3881

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 oktabr kuni Kogon tuman hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 207-kilometrida “Buxoro-G‘uzor-Denov” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Gaz-24” mashinasining gaz balloni yorilib ketgan. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, holatga gaz ballonning nosozligi sabab bo‘lgan.

Avtohalokat oqibatida mashinada haydovchi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1990 yilda hamda 1970 yilda tug‘ilgan fuqarolar voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Surxondaryoda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Lacetti-2 mashinasining gaz balloni portlab ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: