Braziliya prezidenti koronavirusga qarshi emlanishdan voz kechdi

Jahon 17:01 / 14.10.2021 4330

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru koronavirusga qarshi emlanmasligini aytdi, deb xabar berdi Notimérica nashri.

Nashrning ma'lumot berishicha, u avvalroq koronavirusga qarshi emlangan "oxirgi braziliyalik" bo‘lishini aytgandi.

"Men emlanmaslikka qaror qildim. Yangi tadqiqotlarni ko‘ryapman, immunitetim shundoq ham juda yuqori, emlanib nima qilaman? Bu lotereyada ikki real yutish uchun 10 real tikkan bilan barobar. Bu bema'nilik", - dedi Braziliya prezidenti.

Bolsonaru shuningdek, emlanganlarga beriladigan sanitar ruxsatnomalarga ham keskin qarshi chiqdi.

"Men uchun erkinlik hamma narsadan yuqori. Fuqaro emlanishni istamasa, bu uning huquqi, tamom", - dedi Bolsonaru.

Braziliya prezidenti pandemiya boshidan buyon niqob taqish va izolyatsiya choralariga qarshi chiqib keladi. U koronavirusni "kichik gripp" deb atagan.

Ko‘proq yangiliklar: