Bayrutda snayperlar miting ishtirokchilariga o‘q uzishi natijasida bir necha kishi qurbon bo‘ldi

Jahon 16:15 / 14.10.2021 6570

Bayrutda shialar partiyalari mitingi chog‘ida snayperlar namoyishchilar va xavfsizlik xodimlariga qarata o‘q uzdi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, "Amal" va "Hizbulloh" tarafdorlari javob o‘tini ochgan. Snayperlar qo‘lga olingan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, otishmani "Livan kuchlari" muxolifat partiyasi tarafdorlari sodir etgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida olti kishi halok bo‘lgan.

Livan bosh vaziri Najib Mikatiy xalqqa murojaat qilib, fuqarolarni "xotirjamlikni saqlash"ga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: