Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibiga qaytdi
AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibiga qaytdi. Mamlakat undan 2018 yil iyunda sobiq prezident Donald Tramp vaqtida chiqqandi.

Foto: AP
BMT Bosh assambleyasi 14 oktyabrda 18 ta davlatni BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a'zolikka 3 yillik muddatga sayladi. Ushbu davlatlar orasida AQSh ham bo‘lgan.
Kengashga nomzod barcha davlatlar: AQSh, Kamerun, Eritreya, Gambiya, Benin, Somali, Qatar, BAA, Qozog‘iston, Hindiston, Malayziya, Argentina, Paragvay, Gonduras, Lyuksemburg, Finlyandiya, Litva va Chernogoriya unga saylangan.
Hammasi bo‘lib kengashga 47 ta davlat kirib, ulardan uchdan bir qismi har yil qayta saylanadi.
AQShga 168 ta davlat ovoz bergan. “Biz kengashning inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish ishida to‘liq hajmda ishtirok etamiz. Bizning maqsadlar aniq – inson huquqlari himoyachilarini qo‘llab-quvvatlash va bu huquqlarni buzuvchilar hamda ularni suiiste'mol qiluvchilarga qarshi kurashishdir”, deb ta'kidlab o‘tgan AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild.
AQSh inson huquqlari bo‘yicha kengashga to‘laqonli a'zo sifatida 2009 yilda qo‘shilgan. 2018 yil iyunda AQShning o‘shandagi prezidenti Donald Tramp mamlakatning kengash tarkibidan chiqqanini ma'lum qilgan. Biroq amaldagi prezident Jo Bayden 2021 yil yanvarda o‘z lavozimini bajarishga kirishgach, AQSh kengashga qaytishini e'lon qilgan. Tashkilot qoidalariga ko‘ra, kengashga saylovlar va uning tarkibining yangilanishi an'anaga ko‘ra faqat oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
Mavzuga oid

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:15
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

07:48