Yerdagi «Mars», Yevropadagi qor, Rossiyada yo‘lda yerga kirib ketgan mashinalar. Kun suratlari

Jahon 22:27 / 13.10.2021 60446

Besh nafar erkak va bir ayoldan iborat guruh tashqi dunyodan butunlay uzilib, Isroil janubidagi sahroda inson Marsda qanday jon saqlashi mumkinligini sinab ko‘rishadi. Tajriba uchun sahrodagi Ramon deb nomlanuvchi krater tanlangan.

Ular shu hududda ovqatlanishi, dam olishi va 50 kg.li skafandrlarni kiygan holda tajriba o‘tkazishlari kerak. Kosmonavtlarga 20 xil biologik, geologik va tibbiy tajriba o‘tkazish vazifasi topshirilgan. Sinov bir oy davom etadi.

Ispaniya, Isroil, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya va Portugaliyadan bittadan olimlar jamoasi yig‘ilgan. REUTERS/Amir Cohen
Tajribada dron ishlatiladi, GPS bo‘lmaydi. REUTERS/Amir Cohen
Olimlar bu tajribada o‘zlarini Marsdagidek his etishlari uchun harakat qilingan. REUTERS/Amir Cohen
Fransiyaning Belvil-Syur-Luar kommunasidagi AES minoralaridan ko‘tarilayotgan bug‘. REUTERS/Benoit Tessier
Kaliforniyaning Santa-Barbara okrugidagi yong‘inlarni o‘chirishga jalb etilgan guruh. REUTERS/Aude Guerrucci
Arroyo Hondo kanonidan shimoldagi hududda yong‘in o‘chog‘ida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar, Kaliforniya. Mike Eliason/SBCo FD
Pamplonada kuz, Ispaniya
Foto: EPA/Vostock-photo
Xitoy sharqidagi Tszyansu provinsiyasida joylashgan Sansyao parkida gullagan qilsimon myulenbergiyalar
Foto: Yang Bo/China News Service via Getty Images
Zakopaneda birinchi qor yog‘di, Polsha
Foto: EPA/Vostock-photo
Hongkongga tayfun yopirildi
Foto: Anthony Kwan/Getty Images
Hongkong rasmiylari avvaldan aholini ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqirgan
Novosibirsk markazidagi Frunze ko‘chasida asfalt ostida grunt o‘pirilishi oqibatida ikki avtomobil yer ostiga kirib ketdi
Foto: Kirill Kuxmar/TASS
Berlinda Germaniya qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi missiyasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimida qatnashayotgan Angela Merkel.
Foto: EPA/Vostock-photo
Shifoxonada navbat kutayotgan afg‘on ayollari
Afg‘on bolalar futbol o‘ynamoqda, Janubiy Koreyadagi Chinchxon shahri yaqinida qurilgan qochqinlar lagerida.
Foto: EPA/Vostock-photo
Denge bezgagiga chalingan bemor maxsus palatada, Peshovar, Pokiston. REUTERS/Fayaz Aziz
Hindistonlik ayol kovid pandemiyasi davridagi iqtisodiy inqirozdan chiqib olish uchun oilaviy tilla buyumlarini sotmoqda.
Ishchi ayollar yuk mashinasidan ko‘mir tushirishmoqda, Ahmadobod, Hindiston. REUTERS/Amit Dave
Migrantlar suzib kelgan qayiqlar. Duvrdagi gavan, Buyuk Britaniya. REUTERS/Peter Cziborra
Xitoy sharqida yashil piyoz yig‘imi
Foto: Zuma/TASS
Ko‘proq yangiliklar: