Radiatsiya va yangi viruslar: olimlar Arktika muzliklari erishining oqibatlari haqida ma'lum qilishdi

Jahon 17:01 / 13.10.2021 6546

Britaniyadagi Aberistuit universiteti va Kaliforniyadagi NASA reaktiv harakat laboratoriyasi olimlari Arktika muzliklarining erishi atrof-muhitga radioaktiv chiqindilar ajralishiga hamda antibiotiklarga chidamli yangi bakteriya va viruslar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga keldi. Bu haqda Express gazetasi xabar berdi.

Ularning eslatishicha, sobiq sovet ittifoqi Yangi Yer arxipelagi yaqinida 130ga yaqin yadroviy sinovlar o‘tkazgan hamda Barens va Kara dengizlarida 100dan ortiq suvosti kemalarini cho‘ktirgan.

AQSh esa o‘z navbatida Grenlandiyadagi bazasida yadroviy qurilmadan foydalangan holda muz ostidagi sinovlarini o‘tkazgan.

Bundan tashqari, olimlar muzliklarning erishi oqibatida ularning ostidagi mikroblar tirilishidan va dorilarga chidamli yangi viruslar paydo bo‘lishidan xavotirlanmoqda.

Avvalroq olimlar Arktikada 2035 yilgacha barcha muz erib ketishi mumkinligini aytishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: