O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat 16:40 / 12.10.2021 6289

Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan Sputnik V vaksinasi 1- va 2-komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu O‘zbekistonda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo‘lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning 1 458 820 dozasi emlash uchun topshirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

  • 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
  • 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 720 500 dozasi Sputnik V, 
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Shundan 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan bo‘lib, 5 226 139 nafar kishi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.

Ko‘proq yangiliklar: