Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqardi

Jahon 15:05 / 12.10.2021 10566

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Sadir Japarov «Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iste'fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste'foga chiqarildi», — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasida lavozimni egallab turgan shaxslar Mahkamaning yangi tarkibi shakllanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti o‘z vakolatlarini kengaytirgani xabar qilingandi.

Xabarga ko‘ra, u «Qirg‘iz Respublikasining Vazirlar Mahkamasi» to‘g‘risidagi qonunni imzolagan. Hujjatga muvofiq, Japarov o‘z tashabbusi bilan bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi a'zolarini bo‘shatishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: