AQShdagi aeroport unutib qoldirilgan avtomobillarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi

Jahon 20:41 / 12.10.2021 11037

AQShdagi Pitsburg xalqaro aeroporti rahbariyati bir yarim mingdan ortiq buyumni kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi, ular orasida aeroport avtoturargohida qoldirib ketilgan avtomobillar ham bor.

Avtoturargohda bir necha yildan buyon turgan o‘nta avtomobil borligi aniqlandi. Ular orasida 1999 va 2009 yilda ishlab chiqarilgan Nissan Maxima va Titan, 2009 va 2013 yilda ishlab chiqarilgan GMC Acadia va Terrain hamda Chevrolet Impala va Trailblazer avtomobillari bor.

Foto: Joerpylauctions.com

Bulardan tashqari, 2007 yilgi Pontiac G6, 2005 yilgi Toyota Sienna va 2002 yilgi BMW 530i mashinalari ham ancha yillardan beri chang bosib yotibdi. Eng yangi avtomobil esa 2015 yilda ishlab chiqarilgan MINI Cooper S hisoblanadi.

Aeroport vakillari mashinalar nima uchun turargohda qoldirib ketilganidan bexabar.

Kimoshdi savdosida avtomobillardan tashqari qor tozalaydigan mashina, og‘ir traktorlar, aerodrom o‘t o‘chiruvchi mashinasi ham sotiladi.

Shuningdek, savdoga aeroportda tushirib qoldirilgan mingga yaqin turli buyumlar, jumladan qariyb 500ta elektron gadjet qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: