Megapolislar, issiq havo va ko‘chmas mulk: Pavel Durov yetarlicha baho berilmagan va ortiqcha baholab yuborilgan narsalarni sanadi

Jahon 12:14 / 11.10.2021 17124

10 oktabr kuni Pavel Durov 37 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Telegram asoschisi o‘z kanalida hayotdagi uchta yetarlicha baho berilmagan va yettita ortiqcha baho berib yuborilgan narsalarni sanab o‘tdi.

Birinchi ro‘yxatga quyidagilar kiradi: 

1. Uyqu - immunitetni, ijodkorlikni va psixologik farovonlikni oshiradi.

2. Tabiat - biz biologik tarzda o‘zimizni yaxshi his qilish uchun yaratilgan muhit.

3. Yolg‘izlik - ma'naviy va intellektual yutuqlarni amalga oshirish uchun erkinlik beradi. 

Ortiqcha baho berib yuborilgan narsalar ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

1. Katta shaharlar - ular havoning ifloslanishi, jinoyatchilik va shovqin manbasi. Ularning resurslaridan foydalanish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash maqsadga muvofiqdir. 

2. Restoranlar - ular eng sekin va eng kam samarali ovqatlanishni taklif qiladi. Uyda taom pishirish sog‘lom ovqatlanishni va mahsulotlarni nazorat qilishni ta'minlaydi. 

3. Issiq havo - quyoshli ob-havo nafaqat xotirjam kayfiyatni beradi, balki saraton kasalligi va tezroq qarish xavfini ham keltirib chiqarishi mumkin. Sovuq havo esa ruhni, tanani va ongni tozalaydi.

4. Moda - doimiy o‘zgaruvchan tendensiyalarni cheksiz ta'qib qilish qimmat va keraksiz narsa. Qulay kiyimlarga e'tibor qaratish hayotni osonlashtiradi va muhim narsalar uchun joy bo‘shatadi. 

5. Ko‘chmas mulk - ko‘chmas mulk sotib olish ko‘pincha tanlovni cheklaydi va shubhali sarmoyadir. Ijara sizga sayohat qilish va turli joylarni o‘rganish erkinligini beradi. 

6. Ijtimoiy tarmoqlar - ongni chalkashtirib yuboradigan ijtimoiy tarmoq “chiqindi”larining uzluksiz oqimi baxt va ijodiy qobiliyatni pasaytiradi. Bu internet servislardan uzilish - biz har kuni qila oladigan eng yaxshi narsa. 

7. Mashhur odamlarning maslahati - mashhur odamlar ko‘pincha o‘z vakolatlari doirasidan tashqariga chiquvchi asossiz maslahatlar beradi. Hayotdagi barcha muhim narsalar uchun aniq fan va mutaxassislarning fikriga tayanish yaxshiroqdir. 

Avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov dunyodagi so‘z erkinligi, Apple va Google kabi texnologik kompaniyalarning platformaga ta'siri haqida fikr bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: