JSST immuniteti zaif odamlarni koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qildi

Jahon 22:50 / 11.10.2021 4717

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari immuniteti zaif odamlarni tashkilot tomonidan ma'qullangan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qildi.

JSST ekspertlar strategik maslahat guruhining bildirishicha, immunitet tanqisligi mavjud odamlarga vaksinaning qo‘shimcha dozasi taklif qilinishi lozim, chunki ikki doza yetarli bo‘lmasligi va ular koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rishlari mumkin.

Ekspertlar shuningdek, ilgari Sinovac yoki Sinopharm vaksinalari bilan emlangan 60 yoshdan oshgan odamlarga ham uchinchi doza vaksina bilan emlanishni maslahat bergan.

Shu bilan birga, ekspertlar vaksinaning "buster" dozasini aholining barcha qatlamiga tavsiya qila olmasliklarini bildirgan. 

Ayni paytgacha JSST tomonidan Pfizer-BioNTech, Janssen, Moderna, Sinovac, Sinopharm va AstraZeneca vaksinalari ma'qullangan.

Ko‘proq yangiliklar: