Bosh prokuror ko‘zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurdi

Jamiyat 10:51 / 10.10.2021 1602

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qibray tumanidagi ko‘zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurib, yosh kitobxonlar bilan muloqot qildi. Yoshlarga esdalik sovg‘alarini taqdim qilib, kutubxona fondi uchun badiiy adabiyotlar to‘plamlarini tuhfa qildi. Ushbu ko‘zi ojizlar kutubxonasida 3000 ga yaqin badiiy adabiyotlar, 200 ga yaqin brayl yozuvidagi kitoblar mavjud.

Shuningdek, Bosh prokuror tuman markazida o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, turli tarmoqlarda mehnat qilayotgan turfa millat vakillari, o‘z sohasida katta yutuqlarga erishgan yoshlar bilan uchrashdi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev kirish so‘zida, nuroniylarning boy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining iroda va mehnati, yosh avlodning shijoat va g‘ayrati birgalikda katta kuch bo‘lishi, uch avlodning mamlakatimiz taraqqiyoti, bugungi istiqbolidagi o‘rnini alohida e'tirof etdi.

Tadbir davomida el-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi.

Foto: Telegram /uzbprokuratura
Foto: Telegram /uzbprokuratura
Ko‘proq yangiliklar: