Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermerga berilgan imkoniyat mamlakat iqtisodiyotiga xizmat qiladi
Fermer xo‘jaligimni tashkil qilganimga 21 yil bo‘ldi. Xo‘jaligimga tegishli 30 ga yer maydonga paxta ekkanman.
Ochig‘ini aytish kerak, fermer xo‘jaliklarining davlat buyurtmasi asosida paxta yetishtirishi bekor qilingani ayni muddao bo‘ldi. Buning o‘rniga paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari klasterlar bilan bozor munosabatlari asosida imzolanmoqda. Bunda narxlar bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib belgilanyapti. Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga paxtachilik klasterlarini tanlab shartnoma tuzish imkoniyati berildi.

Eng muhim yangiliklardan yana biri paxta yetishtirish jarayonida barcha yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinmoqda. Bunda hech qanaqa to‘siqlar mavjud emas. Shu tariqa paxta ekish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish jarayoni liberallashmoqda.
Bundan tashqari, paxta maydonlarini tomchilatib, g‘allani yomg‘irlatib sug‘orish deysizmi yoki bog‘-uzum yetishtirish deysizmi, barchasiga subsidiyalar ajratilyapti. Biz, fermerlar bu imtiyozlardan yanada ruhlanib, qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantiryapmiz. O‘zim har yili 5-6 ta yangi ish o‘rni yaratyapman.
Shu kunlarda yurtimiz dalalarida paxta terimi qizg‘in kechmoqda. Mening ham fermer xo‘jaligimda paxta terilyapti. Bilamiz, har doim bu mavsumda turli shov-shuvlar avj oladi.
Yaqinda internet tarmoqlarida “Paxta, klaster va selektor” sarlavhasi bilan tarqalgan maqola ham shulardan biri. Unda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlar talaygina. Shu sababli o‘z munosabatimni bildirishni xohladim.
Bugungi kunda fermerlar foydasiga paxtani sotish narxi oshdi. Terimchilarning tergan paxtasiga munosib narx to‘lanyapti. Endilikda fermerlar va klasterlar paxta yetishtirishdan foyda olyapti. Mahallamiz aholisi ham o‘z ixtiyori bilan paxta terimiga chiqib, qo‘shimcha daromad olayotgani esa ayni haqiqat.
Mana sovuq va yomg‘irli kunlar yaqinlashyapti. Fermer va klasterlar paxtani o‘z vaqtida, yog‘inli kunlarga qoldirmasdan yig‘ishtirib olishidan o‘zimiz manfaatdormiz avvalo.
Baxtiyor SAFAROV,
Mirishkor tumanidagi “Safar ota” fermer xo‘jaligi rahbari Ⓣ
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
-
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi
O‘zbekiston | 16:53
-
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

14:52 / 18.06.2025
Malayziya O‘zbekistonda "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlariga sarmoya kiritadi

13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

12:09 / 25.02.2025
Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

09:10 / 03.12.2024