Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi
Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilgan.

Foto: Kun.uz
2021 yil 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston: besh yillik jadal islohotlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada 5 yillik Harakatlar strategiyasi islohotlarining natijalari jamoatchilikka taqdim etildi.
“5 yil davomida yillar bo‘yicha 5ta alohida-alohida dasturlar qilib kelindi. Shu yerda umumiy 1385dan ortiq band ko‘zda tutilgan edi. Umumiy 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilgan” – dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 5 yillik davrda Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311ta (80tasi yaxlit) qonun, 2 mingta prezident farmon va qarorlari hamda 3 mingta Hukumat qaror va farmoyishlari qabul qilingan.
Ma'lumot uchun, Harakatlar strategiyasi prezidentning 2017 yildagi farmoni bilan qabul qilingan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi beshta yo‘nalish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
Jahon | 08:05
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi

12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

23:40 / 12.10.2022